Tadbirda ishtirok etgan IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qiziqarli ma'lumotlar taqdim etdi.

Qayd etilishicha, har bir tuman-shaharlarda alohida 360 nafar ayol inspektor lavozimlari joriy etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘tgan yili ichki ishlar organlarining tashabbusi bilan 7 033 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi, ulardan 661 nafari ilgari sudlangan.

2020 yilda oilalarda o‘tkazilgan suhbatlar orqali zo‘ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 14 774 nafar xotin-qizlar aniqlanib, barchasiga “himoya orderi” rasmiylashtirildi va ularning huquqlari IIV tomonidan himoyaga olindi.

Xodimlarimizga kelsak, Toshkent viloyati Olmaliq shahri ichki ishlar bo‘limi patrul-post xizmati xodimi Temur Sabriyev va uning turmush o‘rtog‘i, Olmaliq shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori Gulnoza Sabriyevalar IIV tizimida birga ishlab kelishmoqda. Kamchilik bo‘lsa-da, bunday oilalar tizimda bor. Ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi va qo‘llab-quvvatlashadi”, dedi B. Berdialiyev.