Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
2019 yil aprel oyida imzolangan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi mehnat faoliyati va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
«Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari va O‘zbekistonda Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi bitim prezident qarori bilan tasdiqlandi.
Hujjatda belgilanishicha, 18 yoshga to‘lgan, ikkinchi davlat hududida qonuniy ravishda yashaydigan va u yerda qonuniy ravishda pullik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxs mehnat migranti sifatida qayt qilingan.
Hujjat mehnat migrantlarining ish haqini to‘lash va ularning daromadlaridan soliq to‘lash, pensiya va ijtimoiy ta'minot, o‘lim yoki shikastlanish holatlarida to‘lovlar va kompensatsiyalar, shuningdek, mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq jarohat, kasb kasalligi yoki boshqa sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash masalalarini tartibga soladi.
Shuningdek, ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, tegishli oliy ma'lumotga ega bo‘lgan pedagog va tibbiyot sohasi xodimlari mehnat migrantlarini qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibidan o‘tadilar.
Ma'lumot uchun, ushbu hujjat 2019 yil 15 aprelda Toshkentda imzolangan. Qozog‘iston prezidenti shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni 2020 yil 26 martda imzolagan.
Mavzuga oid
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
10:49 / 04.02.2026
Eronda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
13:42 / 02.02.2026
Mehnat migrantlari oilalariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi
14:26 / 31.01.2026