Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev Moskvada Rossiya Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligini nazorat qiliş federal xizmati («Rospotrebnadzor») rahbari Anna Popovaga «Mehr-saxovat» kökrak nişonini topşirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Pandemiya paytida bir guruh rossiyalik yetakçi mutaxassislar özbekistonlik hamkasblariga uslubiy va amaliy yordam körsatiş uçun Özbekistonga yuborilgan edi. «Rospotrebnadzor», şuningdek, Özbekistonga 140 ming dona test töplamlarini yubordi. Bu öz vaqtida koronavirus infeksiyasini aniqlaş va tarqalişining oldini olişga imkon berdi.
Bundan taşqari, uşbu taşkilot «SPID infosvyaz» taşkiloti va UNAIDS bilan hamkorlikda mamlakatga birlamçi tibbiy-profilaktika, akuşerlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam körsatişga möljallangan köçma diagnostika majmuasi hamda xavfli infeksiyalarni (OITS, koronavirus va boşqalar) tekşiriş va aniqlaş böyiça xizmatlarni taqdim etdi.
Özbekiston prezidentining 2020 yil 26 maydagi farmoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasi davrida, şuningdek, turli tabiiy ofatlar tufayli mavjud xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda, ular oqibatlarini bartaraf etişda mardlik va jasorat namunasini körsatgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga katta hissa qöşgan, jamiyatda tinçlik-osoyiştalikni mustahkamlaşda faol iştirok etişda örnak bölayotgan yurtdoşlar va xorij fuqarolarini taqdirlaş maqsadida «Mehr-saxovat» kökrak nişoni ta'sis etilgan.

















