Rospotrebnadzor Rossiyaga Turkiya va Erondan ayrim turdagi meva-sabzavotlar olib kirilişini vaqtinça çekladi. Bu haqda muassasa saytida xabar qilindi.
Qayd etilişiça, Turkiya va Eronning limon, mandarin, qalampir, uzum va anor yetiştiriş bilan şuğullanuvçi 33ta işlab çiqaruvçisi taqiqqa tuşgan.
«Körilgan çoralar natijasida Turkiyadan Rossiya hududiga 60 ming tonnaga yaqin uzum va 10 ming tonnadan ortiq anor olib kirilişiga yöl qöyilmadi», — deyiladi Rospotrebnadzor xabarida.
Çeklovlar mahsulotlarda pestitsidlar qoldiqlari aniqlangani sababli joriy etilgani aytilgan.
Rospotrebnadzor yangi yil arafasida Turkiya, Misr, Xitoy, Germaniya, Uganda va Ekvadordan keltiriladigan mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuçaytirgan.

















