Bugun, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötmoqda. Bu parlament axborot xizmati xabar berdi.

Majlisda Qonunçilik palatasi deputatlarini ma'naviy va moddiy rağbatlantiriş böyiça komissiya tavsiyasiga muvofiq, davlat rahbari taşabbusi asosida qonun hujjatlarini takomillaştiriş, joylarda saylovçilar bilan işlaş, Qonunçilik palatasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritişda faollik körsatgan bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi.

Maxsus maqomlar berilgan deputatlar röyxati quyidagiça:

Şuhrat Polvonov — “Adolatli deputat”;
Maqsuda Vorisova — “Mehnatkaş deputat”;
Rasul Kuşerbayev — “Xalqparvar deputat”;
Polyante Sveşnikov — “Faxriy deputat”.

Ma'lum qilinişiça, mazkur maqomlarga sazovor bölgan deputatlar hamda sobiq deputatlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Avvalroq, deputatlar axborot sohasidagi çeklovlar böyiça qonun loyihasini ma'qullagani xabar berilgandi.