DTM mutasaddisi: Milliy test tizimidagi test savollari bilan OTMga kirish test savollarini solishtirib bo‘lmaydi
3 mart kuni O‘zbekistonda milliy sertifikatsiya tizimidagi ilk test namunalari e'lon qilindi. Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov Kun.uz muxbirining mazkur testlar va OTMga kirish testlarining farqi haqidagi savollariga javob berdi.

«Milliy test tizimidagi savollar darajasi va oliy ta'lim muassasasiga kirish uchun topshiriladigan testlarni solishtiradigan bo‘lsak, milliy test tizimida ochiq tipdagi, qisqa javobli, yopiq tipdagi savollar bor. Bunda testologiyada ishlatiladigan barcha turdagi testlardan foydalanilgan desa bo‘ladi.
Milliy test tizimidagi test savollari bilan OTMga kirish test savollarini solishtirib bo‘lmaydi. OTMga kirishda faqat yopiq turdagi testlar ishlatiladi, ularning qiyinlik darajasi 1dan 3gacha: ya'ni 1 – eng oson, 3 – eng qiyin hisoblanadi. Yangi tizimda ham shunday, lekin bunda savollar turiga qarab ham alohida qiyinlik darajasi bor.
Oliy ta'limga kirishda yopiq testlardan foydalaniladi va bizda abituriyentlar soni ko‘pligi sababli javoblar tezroq chiqishida eng optimal variant hisoblanadi. Milliy sertifikatsiyada esa unday emas. Yopiq testlar skaner orqali tekshiriladi, boshqa turdagi savollarning javoblarini mutaxassislar tekshirishadi, ya'ni inson omili orqali. Har bir yozma ishni tekshirish vaqt talab qiladi, kamida ikki hafta kerak bo‘ladi natijalarni e'lon qilishga», dedi Sardor Rajabov.

Shuningdek, milliy sertifikatsiya uchun testlar Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilgani aytib o‘tildi.
Xalq ta'limi vazirligi va Ta'lim inspeksiyasidan malakali pedagoglar jalb qilingach, ikki bosqichli o‘quv kurslari tashkil qilingan. Birinchi bosqichda bu malaka oshirish kurslari Davlat test markazi huzuridagi ilmiy-amaliy markazda olib borilgan. Ikkinchi bosqichda Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasida tayyorgarlikdan o‘tishgan. Yakuniy imtihonda sinovdan o‘tgan mutaxassislarga sertifikat berilgan va ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan mutaxassislar test tuzishda ishtirok etishgan.
«Mazkur sertifikatsiya tizimi aslida ancha oldin ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan edi. Sinovlarning cho‘zilishiga ham ana shu munosib mutaxassislarni tanlab olish jarayoni sabab bo‘ldi. Chunki O‘zbekistonda testologiya bo‘yicha mutaxassislar ko‘p emas. Oxirgi yillarda bu sohaga ham e'tibor qaratilmoqda. Chet eldan mutaxassislar olib kelinishi, bizdagi mutaxassislarni chet elga malaka oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, pedagogika universitetida testologiya yo‘nalishining ochilishi bunga misol. Kelgusida maktablarda ham, OTMlarda ham baholash mezonlari testologiya asoslari doirasida yo‘lga qo‘yiladi», deya ta'kidladi DTM mutasaddisi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024