Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi
Joriy yilning 5 mart kuni soat 00:01dan Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu qor yog‘ishda davom etayotgani, kuchli shamol hamda Gidrometeorologiya markazining 126-sonli xabarnomasi asosida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
Harakat to‘xtatilgan vaqtda avtomobil yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilgan. Dovon yo‘li ochilishi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilib, ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.
Mavzuga oid
18:30 / 28.04.2026
Qamchiq dovonida sotuvchini miltiq bilan jarohatlagan erkak 4 yildan ko‘proqqa qamaldi
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
20:16 / 16.03.2026