Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov Özbekistonga importi töxtatilgan 529 xil mahsulot atrofidagi muhokamalar yuzasidan izoh berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Odilbek Isoqovning aytişiça, davlat xaridlari juda yirik bozor va unda mahalliy tadbirkorlar iştirokini ta'minlaş iqtisodiyot uçun muhim örin tutadi.
«Bu röyxatga yurtimizda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan işlab çiqarilayotgan va muqobili mavjud bölgan mahsulotlar kiritilgan. Uni kimdir proteksionizm deydi, yana kimdir boşqa fikrlarni bildiradi.
Davlatning strategik maqsadi aholi farovonligini, bandligini ta'minlaş, işsizlikni kamaytiriş bölsa, buning uçun nima qilinadi, deganda tadbirkorlarga köproq imkoniyatlar beriş, ularga bozorni yaratib beriş zarur. Çunki davlat xaridlari eng katta – 12 milliard dollarlik bozor. Yaxlit olib qarasangiz, bu unça-munça eksport bozorlaridan katta bozor.
Ayniqsa, pandemiya tugaganidan keyin juda köp taşkilotlarimizda, köplab tadbirkorlarda mana şu bozorlar qisqardi. Eksport qiliş salohiyatlari tuşdi. Çegaradan ötib boşqa mamlakatga boriş qançalik qiyin bölyapti?! Reyslar kamayib ketyapti.
Mana şu bozorni ta'minlab berişimiz, tadbirkorlarga vaqtinçalik bölsa ham kelajakdagi faoliyati, işçi örinlarini qisqartirmaslik uçun yordam beradi. Umuman olganda, iqtisodiyotimiz ösişi uçun foydali.
Balki bu narsalar kelajakda olib taşlanar, men bilmayman. Lekin bu butun dunyoda qöllanadigan çora-tadbir, faqat Özbekiston uçungina xos emas. Boşqa mamlakatlarda ham şunaqa çeklovlar bölyapti. Bunga normal holat deb qaralişi kerak», – dedi vazirlik rasmiysi.
Avvalroq Özbekiston hukumati xorijda işlab çiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi iştirokini vaqtinça taqiqlagani xabar qilingandi. Bu holat iqtisodçilar va boşqa soha vakillari muhokamalariga sabab böldi.
Şuningdek, deputat Doniyor Ğaniyev davlat xaridlari tizimidagi muammo va kamçiliklar, yangi tahrirda qabul qilinişi kutilayotgan qonun haqida







