Ijtimoiy tarmoqlar va internetga asoslangan xizmatlar orqali tijoriy faoliyat yurituvçi global kompaniyalar kelgusida butun dunyo böylab davlatlar tomonidan nazorat ostiga olinişi mumkin. «Onadöli» agentligi razvedka, kiberxavfsizlik, terrorizm va texnologiya bilan aloqalar kabi masalalar böyiça mutaxassis Ali Burak Darijilining şu haqdagi maqolasini e'lon qildi.

Maydonda yangi kuç paydo böldi

1648 yilda Vestfaliya şartnomasi bilan poydevori qöyilgan zamonaviy milliy davlatlar hukmronlik qilgan xalqaro tizimda kuni sayin öz ta'siri va qudratini oşirib borayotgan yangi bir kuç paydo böldi. Uşbu yangi kuç – texnologik yutuqlar natijasida katta aylanmalarni boşqaruvçi global texnologik kompaniyalardir.

10 yil oldin dunyodagi eng qimmat kompaniyalar röyxatiga atigi ikkita texnologik kompaniya kirgan bölsa, 2019 yilgi ma'lumotlarga köra, uşbu röyxatdan raqamli texnologiyalarga asoslangan yettita kompaniya örin olgan. Boz ustiga, uşbu kompaniyalarning bozor qiymati va ular tomonidan boşqariluvçi budjet hajmi ham kun sayin yuksak sur'atlarda ösib bormoqda. Bugungi kunda uşbu kompaniyalarning tovar aylanmasi va daromadi xalqaro tizimdagi köplab milliy davlatlarning iqtisodiy salohiyatidan ham oşib ketdi.

Tarozi pallasini kim bosmoqda?

Eng yaxşi 10ta texnologik kompaniya reytingida «ildizi» AQŞga tutaş kompaniyalar tarozi pallasini bosib ketmoqda. Uşbu röyxatga AQŞning 5ta kompaniyasi (Apple, Microsoft Corp, Alphabet Inc./Google, Amazon va Facebook), Xitoyning esa ikkita kompaniyasi (Alibaba va Tencent Holding) kiritilgan. Qolaversa, ijtimoiy tarmoq dasturlaridan tortib, sun'iy intellekt va bulutli texnologiyalargaça, elektron tijoratdan smartfonlargaça – deyarli har sohada faoliyat yurituvçi mazkur kompaniyalarning bozor qiymati tobora ösib bormoqda.

Ta'kidlaş joizki, globallaşuv jarayonidan eng köp foyda körayotgan kompaniyalar, şubhasiz, texnologiya işlab çiqaruvçi tuzilmalardir. 1990-yillarda internetning tijoratlaşuvi, 2010-yillardan keyin esa smartfon va ijtimoiy tarmoq dasturlarining keng qöllanişi natijasida iş hajmi muttasil ösib borgan uşbu kompaniyalar dunyoning 20ta eng yirik iqtisodiyotining 14tasini ortda qoldirişga erişdi. Yuqorida sanab ötilgan texnologik kompaniyalarning umumiy bozor qiymati «G20» a'zosi bölgan 14 mamlakatning 2019 yilgi yalpi içki mahsuloti (YaIM) körsatkiçlaridan yuqori. Tijoriy faoliyatini internetga asoslangan texnologiyalar bilan olib boruvçi uşbu kompaniyalarning iqtisodiy hajmi bugungi kunda mislsiz darajadagi katta raqamlar bilan ifodalanmoqda.

Raqamlar tilga kirganda…

Şu nuqtayi nazardan, Apple 1,6 trillion, Amazon 1,5 trillion, Microsoft 1,27 trillion, Google 1,1 trillion, Facebook 700 milliard va Alibaba esa 500 milliard dollarlik bozor qiymatiga ega. Boşqa tomondan, YaIMning yillik körsatkiçi AQŞda (20,54 trillion dollar), Xitoyda (13,61 trillion dollar), Germaniyada (3,9 trillion dollar), Fransiyada (2,77 trillion dollar), Hindistonda (2,72 trillion dollar), Argentinada (578 milliard dollar), Rossiyada ( 1,7 trillion dollar), Avstraliyada (1,5 trillion dollar), Braziliyada (1,8 trillion dollar), Janubiy Koreyada (1,7 trillion dollar), Angliyada (2,7 trillion dollar), Italiyada (2,1 trillion dollar), Kanadada (1,7 trillion dollar), Meksikada (1,3 trillion dollar), Janubiy Afrikada (372 milliard dollar) va Indoneziyada (1,1 trillion dollar ekani hisobga olinsa, uşbu kompaniyalarning ösib borayotgan kuçini yanada yaqqolroq köriş imkoni paydo böladi.

Avstraliya va Facebook mojarosi

Katta iqtisodiy qudratga erişgan uşbu kompaniyalarning davlatlar bilan hokimiyat uçun kuraşi endilikda yanada aniqroq namoyon bölmoqda. Masalan, 2020 yilda AQŞda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida AQŞ kompaniyasi – Twitter sobiq prezident Donald Trampning postlarini bloklab qöyiş orqali saylov jarayoniga qandaydir ta'sir körsatgani masalasi hali-hamon munozara mavzusi bölib kelmoqda. Hokimiyat uçun kuraşning yana bir misoli sönggi haftalarda Avstraliya hukumati va Facebook örtasida sodir böldi.

Fevral oyida Avstraliyada parlamentning quyi palatasi tomonidan ma'qullanib, Senatga taqdim etilgan ijtimoiy media töğrisidagi qonun loyihasi Avstraliya hukumati bilan Facebook’ni qarama-qarşi bir vaziyatga olib keldi. Uşbu loyihada Avstraliyada joylaşgan axborot taşkilotlarining Facebook va Google’da e'lon qilingan kontent uçun uluş olişi belgilab qöyilgan. Facebook uşbu qonun loyihasiga qarşi ekanligini bildirdi va 2021 yil 18 fevraldan boşlab Avstraliyaning axborot taşkilotlari va ba'zi hukumat veb-saytlarini blokladi.

«Ular bizni qörqita olişmaydi», deb bayonot berdi Avstraliya boş vaziri Skott Morrison mazkur vaziyatni tanqid qilar ekan. Morrison Facebook kompaniyasining qarorini «qöpol va hafsalani pir qiluvçi» deb atadi. «Gigant texnologik kompaniyalar dunyoni özgartirayotgan bölişlari mumkin, ammo ular dunyoni boşqara olişmaydi», dedi Avstraliya boş vaziri.

Avstraliya hukumati tomonidan öz suveren huquqlarining tabiiy natijasi sifatida işlab çiqilgan uşbu qonunga Facebook tomonidan bu tarzda munosabat bildirilişi – Facebook’ga kiriş huquqining taqiqlab qöyilişi butun dunyo böylab kuçli rezonansga sabab böldi. Facebook keyinçalik, Avstraliya bilan kelişuvga erişgani va taqiqni olib taşlab, ortga qadam taşlaganiga qaramay, yuqorida sodir bölgan jarayon, ya'ni xalqaro kompaniyaning özi faoliyat körsatayotgan mamlakatning suveren huquqlaridan foydalanişiga yöl qöymaslik uçun urinişi, aslida, texnologik kompaniyalar va davlatlar örtasidagi raqobat va kuraşning öziga xos körinişidir.

Çegara qayerda özi?

Ayni paytgaça uşbu kompaniyalarning siyosiy va tijoriy jarayonlarni öz foydasiga yoki muayyan bir davlat foydasiga manipulyatsiya qiliş strategiyasi va bu boradagi urinişlari asosan Rossiya va Xitoy tomonidan tanqid qilib kelinayotgan edi. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Jahon iqtisodiy forumi (WEF) «Davos kun tartibi 2021» doirasida 2021 yil yanvar oyida qilgan nutqida texnologik kompaniyalar va davlatlar örtasidagi kuç kuraşiga urğu berilgani ham ança muhokamaga sabab böldi.

«Xizmat körsatuvçi muvaffaqiyatli bir kompaniya bilan ulkan ma'lumotlar bazasini töplaş orqali jamiyatni öz xohişiga köra qöpol ravişda boşqarişga urinuvçi, qonuniy demokratik institutlarning örnini egallab olgan kompaniya örtasida qanday farq bor, çegara qayerda özi?», deya savol qöyadi Putin.  

«Texnologiya gigantlari, asosan, raqamli texnologiya sohasidagi kompaniyalar jamiyatda tobora muhim rol öynay boşladi. AQŞdagi saylov jarayonlarida ham guvohi bölganimizdek, uşbu kompaniyalar endilikda şunçaki iqtisodiy gigant emaslar. Uşbu kompaniyalar, aslida, ba'zi sohalarda davlat bilan raqobatlaşmoqda», deydi Putin öz fikrini davom ettirar ekan.

Rossiya prezidentining uşbu fikrlari Ğarb doiralar tomonidan «antidemokratik» deb baholandi va tanqid ostiga olindi.

Qanday ehtimollar bor?

Ammo bu safar vaziyat haqiqatdan ham boşqaça. Ğarbiy blokning muhim mamlakati sanalmiş Avstraliyaday bir davlat global texnologik kompaniyalar bilan qarama-qarşi vaziyatga tuşgani – haqiqat. Şu nuqtayi nazardan, Avstraliya boş vazirining Facebook’ga qilgan murojaatini kelgusi davrda mazkur kompaniyalarning Rossiya, Xitoy va Ğarb blokidagi boşqa davlatlar bilan raqobat va hokimiyat uçun kuraş olib borişining aniq misoli sifatida baholaş mumkin.

Kelgusida butun dunyo böylab ijtimoiy tarmoqlar va global kompaniyalarning davlatlar tomonidan nazorat ostiga olinişi böyiça harakatlar amalga oşirilişi ehtimoli mavjud. Şu nuqtayi nazardan, uşbu kompaniyalarga nisbatan monopoliyaga qarşi qonunlarga böysunmaslik ayblovi bilan katta miqdordagi jazo çoralari qöllanişi mumkin. Şuningdek, uşbu kompaniyalar ustidan şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş tartiblarining buzilişi yoki soliq da'volari böyiça tergov işlari olib borilişi ham ehtimoldan yiroq emas. Şu örinda AQŞning 50ta ştatidan 46tasi, Vaşington ştati va Guam oroli, AQŞ Federal savdo komissiyasi (FTC)ning Facebook ustidan 2020 yil 10 dekabr kuni «raqamli bozorda öz ustunligini suiiste'mol qiliş, monopoliya örnatiş va raqobatga imkon bermaslik» ayblovi bilan sudga ikki da'vo kiritilganini ham eslab ötiş joiz.

Vaziyat jiddiy taşviş uyğotmoqda

2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy faoliyat töxtab qolişi natijasida butun dunyo miqyosida işsizlik va qaşşoqlik darajasi oşib ketgan bir paytda yirik texnologik kompaniyalar va ijtimoiy media platformalarining egalari trillionlab dollarlarni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Uşbu vaziyat esa tobora kuçayib borayotgan uşbu kompaniyalarga nisbatan nafaqat Rossiya va Xitoyda, balki AQŞ va Yevropa Ittifoqida ham jiddiy taşviş uyğotdi.

Şu bois bugungi kunda yuqorida nomi tilga olingan kompaniyalarga qarşi monopol ayblovlar, şaxsiy ma'lumotlarning yetarli darajada himoyalanmaganligi, ayniqsa, ularning saylov jarayonlari va siyosiy voqealarni öz manfaatlari yölida manipulyatsiya qilişi haqidagi da'volar har doimgidan-da köp bahslarga sabab bölmoqda.