Yozuv islohoti mustaqil Özbekiston tarixidagi eng katta va sezilarli islohotlardan biri bölişi mumkin.

Ammo mamlakatning 30 yillik tarixida lotin yozuviga ötiş böyiça qator muvaffaqiyatsiz urinişlar ham borki, ular bugungi harakatlar haqida ham ehtiyotkorlik bilan gapirişga majbur qiladi.

Kun.uz muxbiri lotin yozuviga ötiş böyiça avvalgi muvaffaqiyatsizliklar, islohotga eltuvçi rejalar va bu yöldagi muammolar borasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti mudiri Abduğaffor Qirğizboyev bilan intervyu uyuştirdi.

Özbekistonda alifbo islohoti yölidagi avvalgi urinişlar nega muvaffaqiyatsizlikka uçradi?

Intervyu avvalida Departament mudiriga berilgan dastlabki savol şu mazmunda böldi. Abduğaffor Qirğizboyevning aytişiça, islohotgaça bölgan jarayonlardagi xatoliklar, özbek ziyolilarining sustkaşligi va yuqori rahbariyatning bunga munosabati islohotlar muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabablar edi.

«1991 yilda sovet ittifoqi parçalanar ekan, undan mustaqil bölgan davlatlarda özlikni topiş, qadriyatlarini tiklaşga intilişlar boşlandi. Özbekiston parlamenti ham 1993 yilda kirill yozuvidan voz keçib, lotin yozuviga ötiş böyiça qonunni qabul qildi.

Bu qonun böyiça 2000 yilda Özbekistonda kirill yozuvidan voz keçib, lotin yozuviga ötilişi kerak edi. Ammo öşa paytdagi keçikkan tayyorgarlik jarayonlari, irodasizlik va boşqa sabablarga köra, bu islohot amalga oşmay qoldi.

Keyinçalik bu muddat 2005 yilga çözildi. Lekin bu muddat keldi hamki, turli sabablar tufayli yana lotin yozuviga öta olmadik. Ijro muddati 2010 yilga qoldirildi. Bu keçikişlarda öşa payt ziyolilarining sustkaşliklari va mas'uliyatsizligi ham katta rol öynadi, deyiş mumkin.

Işlarning keyingi davomini ham bilasiz, 2010 yilda ham biz lotin yozuviga töliq öta olmadik», – dedi u.

Abduğaffor Qirğizboyevning ta'kidlaşiça, 11 fevraldagi «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaş böyiça «yöl xaritasi» va unda belgilangan muddat hukumatning körsatgan irodasi bilan boğliq.

«1989 yildan to 2020 yilgaça bitta – «Davlat tili töğrisida»gi qonun bilan işladik. Lekin oxirgi bir yilda Özbekistondagi til siyosati bilan boğliq 17ta huquqiy, me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.