Samarqandda ko‘plab ko‘chalar yopilgan. Shaharda tirbandliklar kuzatilmoqda
Samarqand shahrida bir qancha ko‘chalar ta'mirlash ishlari – elektr kabellari, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib borilayotgani uchun yopilgan. Bu holat ko‘hna shaharning boshqa ko‘chalarida tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda. Yaqin muddatda yana bir qator ko‘chalarda ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli ular avtomobillar qatnovi uchun yopilishi yoki qarama-qarshi harakat tashkil etilishi mumkin. Bu esa ko‘hna shahar ko‘chalarida tirbandlik yanada oshishini anglatadi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, yaqin orada Samarqand shahrining o‘ndan ortiq ko‘chasida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi yoki qarama-qarshi harakat tashkil etilishi mumkin.
Ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘chalar:
- Panjakent ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasidan Islom Karimov xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
- Dahbed ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasidan Siyob kanali ko‘prigigacha bo‘lgan qismigacha;
- Rudakiy ko‘chasining Gagarin ko‘chasidan Dahbed ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohi Zinda ko‘chasining Dahbed ko‘chasidan Imom Al-Buxoriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohi Zinda ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan qismida;
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyobonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Sadriddin Ayniy ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan Panjakent ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Zarafshon shohko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan M-37 avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida;
- M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining 0-3 kilometrlarida;
- M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining 33-42 kilometrlarida;
- M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-1085 kilometrlarida.
Ma'lumot uchun, joriy yil 23 fevralda «2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident farmoyishi (F–5636-son, 23.02.2021 y.) qabul qilindi. Unga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025