Germaniyaning BioNTech kompaniyasi AQŞning Pfizer kompaniyasi bilan birga 2022 yilda koronavirusga qarşi 3 mlrd doza vaksina işlab çiqariş uçun öz quvvatlarini oşirmoqçi. Bu haqda BioNTech boş direktori Ugur Şaxin ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, işlab çiqariladigan vaksinalar miqdori talab va qöşimça emlaş kampaniyalarini ötkaziş zaruratidan kelib çiqadi. Şaxinning aytişiça, BioNTech va Pfizer umumiy hisobda 1,3 mlrd doza vaksina yetkazib beriş böyiça kelişuvlar tuzgan.
Bloomberg axborot agentligining xabar berişiça, Pfizer 2021 yilda vaksina sotişdan 15 mlrd dollar tuşum olişni kutmoqda.
Şaxinning ma'lum qilişiça, BioNTech koronavirusning bardoşliroq yangi turlariga qarşi vaksinaning uçinçi dozasi bilan emlaş ta'sirini örganiş böyiça tadqiqot olib bormoqda. Uning aytişiça, kompaniya bunday emlaş uçun qöşimça dozalar yetkaziş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Şuningdek, vaksinaning koronavirusning afrikaça mutatsiyasiga qarşi samaradorligini örganiş böyiça tadqiqot natijalari 6-8 hafta içida paydo böladi.
1 fevralda BioNTech 2020 yilda koronavirusga qarşi 2 mlrd doza vaksina işlab çiqarmoqçiligini ma'lum qilgan. Kompaniya buning uçun işlab çiqariş hajmini 50 foizdan köproqqa oşiradi.













