Toşkent şahrida joylaşgan «Tashkent city» işbilarmonlik markazi hududidagi «Nest One» turar joy kompleksida yonğin kelib çiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa böyiça rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, hodisa bugun soat 10:02da Olmazor köçasi 1/A-uyda joylaşgan «Nest One» turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yertölasida sodir bölgan. Ma'lum qilinişiça, u yerdagi 2 kvadrat metr maydonda penoplast yongan.  

Mazkur vaziyat yuzasidan Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining yonğin qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt içida yonğinni bartaraf etganlar. 

Hodisadan jabrlangan va halok bölganlar yöq. Yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.