Uç asr bilan yuzlaşgan Huvaydo momo haqida ikki yil avval ham yozgan edik. Balki, kimlardir bu orada momoning ziyoratiga ham borişga ulgurgandir. 126 bahorni qarşilayotgan onaxon hamon hayot.
8 mart bayrami arafasida Kun.uz ijodkorlari Huvaydo momo Umarovani yana bir bor ziyorat qiliş uçun Farğona viloyatining Buvayda tumanida böldi.
Momoning fuqarolik pasportida tuğilgan sanasi – 1895 yilning 1 yanvari deb qayd etilgan. Huvaydo onaning suhbatida bölib, momoning xotirasi hamon tiniq, gaplari dadil ekanligiga amin böldik. U kişining ötgan davr xotiralari – kolxozlaştiriş, quloqlaştiriş, ikkinçi jahon uruşi, oçarçilik davrlarini aniq eslab, gapirib berişlaridan hayratga tuşdik. Yonimizda tarix jonlangandek edi göyo.

Momo biz bilan suhbatda ötgan asr boşidagi davlat töntarişi, oçarçilik kunlari, Katta Farğona kanali qazilişida qilingan mehnatlar, uruş vaqtlarida 9 gektarlab ğöza maydonlarini ayol boşi bilan tunni tongga ulab bir özi suğorganligi haqidagi voqealarni eslab, hikoya qilib berdi.
«Hozirgi Farğona kanalining qazilişida xotinlar ham, erkaklar ham birdek işlagan. Kanalni heç kim qöli bilan kovlagan, demaydi. Keyin uruş boşlandi. Kanalni qazişda iştirok etgan zör-zör alp yigitlar uruşga ketdi. Köplari öşa yerlarning özida qirilib ketdi. Yangiqörğon avvallari çöl edi. Bu yerlarni tekislab, paxta joy qilganmiz. Boğ qilib yaratilişida ham mehnat qilganmiz. Bu yerlarni hozir körganlar çöl bölgan deb öylamaydi», — deya xotirlaydi Huvaydo momo Umarova.

Momoning ta'kidlaşiça, ularning avlodida bir asrdan ziyod yaşaganlar köp bölgan: masalan, momoning otasi Toşmat ota 101 yoşga, toğasi Mullaqodir ota 130 yil yaşagan bölsa, ammasi Saydiniso ona 125 yil umr körgan.
Huvaydo momoning bildirişiça, birinçi rözğoridan farzand bölmagan. Ikkinçi rözğoridan körgan ikki farzandi ham turli kasalliklarga çalinib vafot etgan.
Momo 1935 yili öğil farzand köradi. Unga Hoşimjon deb ism qöyadi va onaxonning baxtiga Hoşimjon yaşab ketadi. Uç qiz, tört öğil – jami yetti nafar farzandni katta qilgan momoning hozirda 50 nafar nevara, 71 çevara, 50 dan ortiq evaralari bor.



















