Bugun, 10 mart kuni Toşkent politexnika muzeyida özbek tilida yozilgan «Muzey qanday tuzilgan» kitobining taqdimoti bölib ötdi.

Kitob Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan, Latviyaning ABC Design naşriyoti bilan hamkorlikda çop etilgan.

«Muzey qanday tuzilgan» kitobi haqida

Muzeylar tarixi haqida bolalar uçun rasmlarga boy qilib işlangan kitob yoş kitobxonlarni san'at muzeylari va galereyalar olamiga taklif etadi.

Kitob öquvçilarni muzeylar tarixi bilan taniştiradi, muzeylarning qanday joy ekani, qanday taşkil etilgani va unda kimlar işlaşi, san'at asarlari qaysi prinsipda namoyiş etilişi va körgazmalar qay tartibda rejalaştirilişi haqida hikoya qiladi.

Ensiklopedik kitob katta albom şaklida, undan illyustratsiyalar va maxsus topişmoqlar ham joy olgan. Ular bolalarning aqlini çarxlaş uçun möljallangan.

«Muzey qanday tuzilgan» kitobi ilk marta Çexiyada ingliz tilida, keyinroq esa Rossiyada rus tilida çop etilgan. Biz esa kitobning özbek tilidagi variantini ham yaratdik. Kitob hozirça mingta nusxada çop etilgan. Kitobning elektron varianti ham öquvçilarga taqdim etilişi rejada bor», – deya ma'lumot berdi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi Strategik rivojlaniş boşqarmasi boşliği Elmurod Najimov.

Taşkilotçilarning ta'kidlaşiça, kitobni özbek tilida qayta naşr etişdan maqsad – yoş avlodga muzeylar aslida qanday taşkil etilişi va qanday faoliyat körsatayotganini ular tuşunadigan tilda aytib beriş. Kitobdagi rasmlar asosida muzeylar haqida hatto boğça yoşidagi bolalar ham bemalol ma'lumot olişi mumkin.

«Muzey qanday tuzilgan» kitobining özbekça talqinini yaratişda Qoraqalpoğistondagi maşhur Savitskiy muzeyining kolleksiyasidan ham foydalanilgan.