Surxondaryoda qariyb 1,8 kg geroinni kurtka astari va gilamga shimdirib, chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan «Ayritom» chegara-bojxona postida katta miqdordagi geroin giyohvand moddasini kurtka astaridagi sintepon va gilamga shimdirib, chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlangan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bojxona postiga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi N.A.ning xatti-harakatlari bu yerda xizmat olib borayotgan Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi xodimlarining e'tiborini tortgan. Shundan so‘ng N.A. xolislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilganida uning kurtkasi astaridagi sinteponga shimdirilgan geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, N.A. yolg‘iz bo‘lmagan va oradan biroz o‘tib uning ortidan mazkur postga sherigi M.N. kirib kelgan. Qo‘shni davlat fuqarosi hisoblangan M.N. ham egnidagi kurtkasining astaridagi sinteponga va qo‘lidagi gilamiga geroin giyohvand moddasini shimdirib, olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Ekspertiza xulosasida aniqlanishicha, N.A.dan ashyoviy dalil sifatida olingan kurtka astaridagi sinteponda sof og‘irligi 332,6 gramm, M.N.dan ashyoviy dalil sifatida olingan gilamchada 1 kilogramm 177 gramm hamda kurtka astaridagi sinteponda sof og‘irligi 275,64 gramm bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasi mavjud ekani aniqlangan.
Natijada, jami 1 kilogramm 785 grammdan ortiqroq geroin giyohvandlik vositasining O‘zbekistonga olib kirilishi to‘xtatib qolingan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025