RNK usuli asosida dunyoda ilk vaksinani işlab çiqqan Germaniyaning BioNTech kompaniyasi Yevropa Ittifoqi va boşqa davlatlarni yetarli miqdordagi preparat bilan ta'minlaş uçun 13 kompaniyadan iborat alyans taşkil qildi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri ma'lum qilgan. Şu yöl bilan BioNTech joriy yilda ikki milliard dozada preparat işlab çiqarişga erişmoqçi.

Naşr bergan ma'lumotga köra, muzokaralar ötgan yilning oktyabridayoq BioNTech özining amerikalik hamkori Pfizer bilan birgalikda yaratgan vaksinani e'lon qilişidan bir hafta oldin boşlangan. Alyansga Pfizer’ning bir neça asosiy yevropalik raqobatçilari ham qöşilgan.

Hamkorlar qatorida Germaniyaning Merck, Rentchler Biopharma, Evonik Industries, Dermapharm, Siegfried AG va Baxter Oncology kompaniyalari, Fransiyaning Sanofi va Delpharm şirkatlari, Şveytsariyaning Novartis kompaniyasi, Avstriyaning Polymun Scientific Immunbiologische Forschung GmbH kompaniyasi, Kanadaning Acuitas Therapeutics kompaniyasi qöşilgan. Ularning barçasi işning muayyan qismini bajaradi.

BioNTech işlab çiqarişni kengaytirmoqda: şu yilning aprelida işga tuşiriladigan zavod yiliga 750 million dozada vaksina işlab çiqariş quvvatiga ega bölişi kutilmoqda.

Yanvar oyida Yevroittifoq Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasiga buyurtma berilgan vaksinani töliq hajmda ololmasligi ma'lum bölgandi.