Qurilish vazirligi Navoiy viloyati hududida tadbirkorlar tomonidan olib borilgan qurilişlarni örganib, ularning ba’zilaridagi xato va kamçiliklar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, Zarafshon şahridagi «Sifat Qurilish Zarafshon» MÇJ tomonidan şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan köp qavatli turar joy obektida noqonuniy ravişda qurilish-montaj işlari boşlangan.

Uşbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qisqa muddatli inspektorlik tekşiruvi ötkazilgan. Tekşiruv natijasiga köra, qurilish obekti vaqtinçalik yopiq tösiq bilan öralmagani, ŞNQ 3.01.01-03 «Qurilişda işlab çiqarişni taşkil qiliş» qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravişda obektda majburiy yuritilişi lozim bölgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus işlar, beton, payvand, texnika xavfsizligi jurnallari yuritilmagani aniqlandi.

Tekşiruv natijasiga köra, jamiyat mansabdoriga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan örnatilgan tartibda hujjatlar töplami rasmiylaştirilib, Zarafshon şahar Jinoyat işlari böyiça sudiga yuborilgan.

Şuningdek, Zarafshon şahar 14-kiçik tumanidagi «ZARAFSHON BINOINSHOOT QURILISH» MÇJ tomonidan ham şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilmagani hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan köp qavatli turar joy obektida qurilish-montaj işlari boşlanganlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan qisqa muddatli inspektorlik tekşiruvi ötkazilib, mansabdor şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan örnatilgan tartibda hujjatlar töplami rasmiylaştirilib, Zarafshon şahar Jinoyat işlari böyiça sudiga taqdim etilgan.

Bundan taşqari, Zarafshon şahar 13-kiçik tumanidagi «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» va 19-kiçik tumandagi «Hakimzoda» MÇJ, Navoiy şahar 17-kiçik tumanidagi «Laylo ulgurji savdo» MÇJ hamda «Mirsaid Bahrom» MFY hududidagi «Osyo Yugra» xususiy korxonalari tomonidan ham şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmagan holda köp qavatli turar joy obektlarida qurilish-montaj işlari boşlangan.