Qurilish vazirligi Buxoro viloyati hududida tadbirkorlar tomonidan olib borilgan qurilişlarni örganib, ayrimlaridagi xato va kamçiliklar haqida ma'lumot berdi.

1. Buxoro şahri I.Karimov (Mustaqillik) köçasi 24/1-uy manzilida joylaşgan «BELUGA STORY AND BURGERS» MÇJ tomonidan qurilayotgan 1 va 2-qavatlarida savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi joylaşgan köp qavatli köp xonadonli turar joy binosi örganilganda qavatlararo yopmalarda – ikkinçi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomğirlardan keyingi asoratlar va moğorlar hosil bölgani, ustun va tösinlarning burçaklari uçib ketgani aniqlangan.

«Binoning taşqi devorlari qurilish normativlariga mos loyihalaştirilmagan. Binoning taşqi devor konstruksiyalarida loyiha va vizual tekşirişda deraza darçalarini mustahkamlaş çoralari körilmagan. Tösinni seysmik belboğga boğlovçi armaturaviy ankerlar örnatilmagan. Beton mustahkamligi ğişt teriş uçun sementli qorişmaning mustahkamligi böyiça laboratoriya sinovlari ötkazilmagan bölib, yaşirin işlar dalolatnomasi va umumiy payvandlaş beton işlari jurnali yuritilmagan. Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada körsatilganidan boşqa markadagi betondan foydalanilgani ma'lum bölgan. Umuman olganda, binoning zilzilabardoşligiga ta'sir körsatadigan konstruktiv nuqsonlar aniqlangan», deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Yuqorida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş uçun Buxoro viloyati qurilish sohasidagi hududiy nazorat (QŞN) inspeksiyasi tomonidan bajarilişi majburiy bölgan yozma körsatmalar berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

2. Buxoro şahri Ğijduvon köçasi manzilida joylaşgan «METRIC VENTURES» MÇJ tomonidan qurilayotgan mehmonxona binosi örnatilgan tartibda inspeksiyani xabardor qilmasdan qurilish-montaj işlari boşlagani sababli Buxoro viloyat QŞN inspeksiyasi tomonidan ogohlantiriş xati berilgan. Qavatlararo yopmalarda – oxirgi qavat yopmalar qoplamalarida esa tabiiy qor va yomğirlardan keyingi asoratlar va moğorlar hosil bölgan.

Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada körsatilganidan boşqa markadagi betondan foydalanilgani oydinlaşgan. Ustun va tösinlar tutaş qismda montaj vaqtida montaj penasidan foydalanilgan, köp tugunlarda montaj penasining köpayib ketgani uçun tugunda ğovaklar hosil bölgan.