2021 yilning mart holatiga köra, Toşkent şahrining 10 tumanidagi 77ta umumta'lim maktabida jami 150 nafar öquvçiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Malika Qudratxöjayeva tomonidan 13 mart kuni Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri örinbosari — Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği Anvar Alimov nomiga körsatma xatida ma'lum qilingan.

Xatda «joriy yilning ötgan davri mobaynida Toşkent şahri böyiça jami 1717 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi röyxatga olingani» qayd etilgan.

Ma'lumotlarga köra, aniqlangan 1717 bemorning 222 nafari (13 foizi) 14 yoşgaça bölgan bolalar, 78 nafari (4,5 foizi) 15-19 yoşlilar, 210 nafari (12,2 foizi) 20-29 yoşlilar, 264 nafari (15,4 foizi) 30-39 yoşlilar, 234 nafari (13,5 foizi) 40-49 yoşlilar, 244 nafari (14,3 foizi) 50-59 yoşlilar, 465 nafari (27,1 foizi) 60 yoş va undan kattalardir.

«Ijtimoiy tarkibiga köra, 315 nafar (18,3 foiz) bemor korxona, taşkilot, muassasa xodimlari, 630 nafari (36,7 foizi) uy bekalari, 48 nafari (2,9 foizi) tibbiyot xodimlari, 57 nafari (3,3 foizi) oliygoh talabalari, 181 nafari (10,5 foizi) maktab öquvçilari, 76 nafari (4,4 foizi) uyuşmagan bolalar, 14 nafari (0,8 foizi) uyuşgan bolalar, 7 nafari (0,4 foizi) muruvvat uyi tarbiyalanuvçilari, 2 nafari (0,1 foizi) çet el fuqarolari, 49 nafari (3,0 foizi) öqituvçilar va 338 nafari (20,0 foizi) boşqa guruhdagi aholidir», deyiladi xatda.

Toşkent şahri böyiça 77ta umumta'lim maktablarining 150 nafar öquvçisida, bundan taşqari 24ta maktabning 31 nafar öqituvçisida, 13ta maktabgaça ta'lim muassasalarining 15 nafar tarbiyalanuvçisida va 8ta MTMlarda 8 nafar tarbiyaçida, 9ta oliygohning 25 nafar talabasida va 5ta oliygohning 7 nafar öqituvçisida, 6ta litseyning 7 nafar öquvçisi va 4ta litseyning 4 nafar ustoz-öqituvçilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Xatda poytaxtdagi qaysi maktablarda koronavirusga çalingan öquvçilar qayd etilgani haqida ma'lumot keltirilgan:

Yunusobod tumani
86-maktab: 16 öquvçi va 6 öqituvçi;
235-maktab: 14 öquvçi va 3 öqituvçi;
220-maktab: 5 öquvçi;
43-maktab: 4 öquvçi;
302-maktab: 3 öquvçi;
97-maktab: 3 öquvçi;
51-maktab: 3 öquvçi;