“Vaksinalar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, COVAX’ning 190ta mamlakati 2021 yil birinchi yarmida aholi zaif qatlamlarini himoya qilish uchun vaksina dozalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu davlatlarning 98tasi o‘zi vaksina sotib ola oladi. Qolgan 92tasi, shu jumladan O‘zbekiston ham vaksinalarni beg‘araz tarzda oladi.

AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha juda ko‘p savollar bo‘ldi, nega asl ishlab chiqaruvchisi Yevropada bo‘lib, Janubiy Koreya yoki Hindistonda ishlab chiqarilayotgani tushunmovchiliklar keltirib chiqardi. Bu dunyoda keng uchraydigan amaliyot. Yirik kompaniyalar ishlab chiqarish quvvatlarini turli davlatlardan joylashtiradilar”, – dedi Mamadzoda.

Kun.uz muxbirining “Vaksinalarning barchasi bepul yetkazib beriladimi yoki faqat sinov doirasidagilarimi?” degan savoliga Munir Mamadzoda shunday qo‘shimcha qildi:

“COVAX doirasida hali hammaga ham beg‘araz vaksinalar yetkazib berilmadi. O‘zbekiston birinchilardan bo‘ldi. Hozir 2 250 000 dona rejalashtirilgan vaksinaning 660 000 donasini qabul qilib oldik. Qolganlari bo‘yicha yana muzokaralar davom etmoqda”, – dedi YuNICeFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.