Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabar berişiça, ovçilar motorli qayiqda, taqiqlangan bir dona yoritkiç va sançiq bilan 48 dona oq qayroq, 2 dona zoğorabaliq, 1 dona leşç, 1 dona oq sula baliq hamda 4 dona yovvoyi ördak ovlagani aniqlangan. Holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismiga asosan hayvonot dunyosiga keltirilgan zarar hisoblanganda, u 39,4 mln sömni taşkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan tayyorlangan hujjatlar sud organlariga örnatilgan tartibda taqdim etilmoqda. Aşyoviy dalil sifatida olingan baliqlar esa Nukus şahridagi Nogironlar uyuşmasiga xayriya ehson sifatida topşirilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Nukus atrofidagi kölga uçib kelgan oqquşlarning birini qutqarib qolib, söng yana şu kölga qöyib yuborgan mahalliy bloger Baxtiyor Qodirbergenov taqdirlangandi.

















