O‘zbekiston | 17:29 / 18.03.2021
1960
1 daqiqa o‘qiladi

Aholiga xizmat ko‘rsatishda “Namangan suvta'minoti” MChJda 1 424ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

“Namangan suvta'minoti” MChJ o‘tgan davr mobaynida 1 424ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

“Namangan suvta'minoti” MChJ hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.

O‘rganishlar davomida, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jami 1 424ta qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Qonunbuzilish holatlarining 254tasi muddat buzilishi, 251tasi ortiqcha hujjat talab qilinishi, 365tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatilishi, 554tasi boshqa qonunbuzilishi holatlariga to‘g‘ri keladi.

Ushbu holatlar yuzasidan, tuman (shahar) bo‘limlarining 16 nafar mas'ul xodim va rahbarlariga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid