Unda «Yermulkkadastr» DK Çimboy tuman filiali mutaxassisi bölib işlaydigan A. 2020 yil fevral oyining oxirida uning tuman hududida joylaşgan yangidan qurilgan uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab beraman deb 3 million söm pulini olganligi va hozirgi kungaça uyining kadastr hujjatlarini tayyorlab yoki pulini qaytarib bermayotganligini körsatgan.

Mazkur ariza yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiriş işlari natijasida, fuqaro A. 2016 yil iyul oyidan 2020 yil dekabr oyi oraliğida «Yermulkkadastr» DK Çimboy tuman filiali mutaxassisi lavozimida işlab kelib, 2020 yil fevral oyining oxirlarida fuqaro M.Aliyevaning Çimboy tumanida yangidan qurilgan uyining kadastr hujjatlarni tayyorlab beraman deb işonçiga kirib, uni aldab, 100 AQŞ dollarini va 2 million söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekşiriş işlari davomida, 2021 yil 6 mart kuni A. fuqaro M.Aliyevadan firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan 100 AQŞ dollari va 2 million söm pulining 1 million sömini öz ixtiyori bilan qaytarib berdi. Fuqaro A.dan 1 million söm pul aşyoviy dalil tariqasida bayonnoma tuzilib olindi.  

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Çimboy tuman bölimi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi «Yermulkkadastr» DK Çimboy tuman filiali sobiq mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, Çimboy tumani prokuraturasiga yuborildi.  

Eslatib ötamiz, oldinroq Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd sömni talon-toroj qilgani foş qilingan edi.