Otabek Sattoriyning ma'lum qilişiça, uni qölga olişgandan söng, qamoqxonada turli bosimlar ötkazilgan. Bloger uni yuqumli kasalliklarga çalingan şaxslar bilan birga saqlaşgani va bu haqda uni ogohlantirişmaganini aytdi.

Şuningdek, Sattoriy sovuq kamerada yupun holda saqlaşgani va otasi olib kelgan issiq kiyimni olib kirib berişmaganini bildirdi.

Uning aytişiça, tergovçilardan biri unga: «Hujjatlarga tezroq qöl qöyib ber. Sen pişding. Bitta umiding – iqror böliş», degan gaplarni aytgan va pöpisa qilgan.

Sudlanuvçiga köra, tergovçilar unga: «Senlarga katta erk berib yuborişdi. Indamasa, özlaringdan ketib qolyapsanlar. Senlarni söz erkinligingdan mahrum qilamiz. Yölingdan qaytmasang, yomon böladi. Seni deb hamma blogerlarning ovozi öçadi», deyişgan.

Otabek Sattoriy tergov davom etayotgan paytda oçlik e'lon qilgani va prezidentdan siyosiy boşpana söraganini aytib ötdi.

Otabek Sattoriy Şerobod bozorida röy bergan hodisa haqida ham töxtaldi. Uning aytişiça, şerigi Farhod bilan bozorlarda arzon-mahsulotlar narxini barqaror uşlaş va arzon-oziq ovqatlar rastalarini taşkil etişga oid qaror ijrosini Surxondaryodagi mutasaddilar qay darajada bajarişayotganini örganiş maqsadida Şerobod bozoriga borgan.

Uning aytişiça, Şerobod tumanidagi bozorni videoga olgan va çiqib ketayotganida ikkita notaniş yigit ularning yölini tösgan. Ulardan biri Otabek Sattoriyning qölidagi telefonni tortib olgan. Şundan söng, Otabek va uning şerigi tuman hokimiga borib uçraşgan. Hokim içki işlar bölimiga telefon qilgan. Otabekning telefonini boşqa şaxs olib kelib bergan. Otabek Sattoriy içki işlar xodimlaridan biriga oğzaki murojaat qilgan va telefonini tortib olgan zöravonlarga çora körişni söragan. Içki işlar xodimlari ularni yaraştirişga uringan. Otabekning telefonini tortib olgan yigitlar kelib keçirim söraşgan.

Otabek Sattoriyning körsatmasida aytişiça, Şeroboddan çiqib ketayotganda telefoniga zarar yetkazişganini sezgan. Oradan bir oy ötib, u boşqa bir murojaat ortidan Şerobod tumani hokimiyatiga borgan. Tumani hokimi undan «telefoning nima böldi» deb söragan va zarar yetgan telefon örniga boşqa telefon olib berişini aytgan. Şundan söng, Otabek Sattoriyga Şerobod tumani hokimining örinbosari qönğiroq qilib, telefonni bozor direktori olib berişini bildirgan. Bozor direktori telefonni olib kelib bergan paytda uni tezkor xodimlar uşlaşgan.

«Men na hokimga, na uning örinbosariga, na bozor direktoriga telefon olib ber demaganman. Hokimning özi zarar yetgan telefonimning örniga telefon olib berişini aytdi. Afsuski, şu bahona tadbir uyuştirişdi», dedi u.