«Uğur Şahin va Özlem Tureji atoqli olimlar va jasur tadbirkorlardir», dedi Ştaynmayyer Berlindagi Belvyu saroyida bölib ötgan tantanali marosimda. «Sizlarning inqilobiy ixtirolaringiz insoniyat hayotini qutqaradi, odamlarni xonavayron bölişdan saqlaydi, jamiyatni, iqtisodni, madaniyatni hayotga qaytaradi», deya ta'kidlagan GFR prezidenti.

2020 yilning 9 noyabrida BioNTech va uning amerikalik hamkori Pfizer bir neça oylik klinik sinovlarga tayanib özlarining 90 foiz samaradorlikka ega preparatlarini e'lon qilişdi. Yil oxiriga kelib preparat AQŞ, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq va boşqa davlatlarda röyxatdan ötkazildi.

Hozirda bu vaksina turdoş preparatlar içida eng yaxşisi bölib turibdi.