O‘zbekiston | 14:19 / 19.03.2021
8840
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahrida vodiyda yagona bo‘lgan Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 19 mart kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanida Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi.

Marosimda viloyat rahbarlari, nuroniy va yoshlar ishtirok etdi. Viloyat hokimining mingta ilmiy, badiiy kitoblari bu yangi ziyo maskaniga sovg‘a qilib berildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur ziyo maskani 30 mingdan ziyod turli badiiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta'minlangan. Kelgusi 3 yilda kitoblar sonini 100 mingtaga olib chiqish reja qilingan.

Qayd etilishicha, yangi kutubxonaning umumiy maydoni 5220 kv metrni tashkil etadi. Bino aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 3ta qavat va kitoblar arxivi hamda fond saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus yerto‘ladan iborat. Kutubxona bir vaqtning o‘zida 1200 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Kutubxonaning kirish qismida ro‘yxatga olish burchagi, infokioska joylashtirilgan bo‘lib, har bir kitobxon uchun maxsus ID-kartalar beriladi va ular ro‘yxatga olinadi.

Shu bilan birga, binoning birinchi qavatida “Bolalar maydonchasi” tashkil etilgan. Ushbu maydonchada 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kitoblar, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun jihozlar ajratilgan.

Mavzuga oid