Kun.uz’da Zafarobod tuman hokimligi 1 yildan buyon Urgutdagi qöşma korxonaning qariyb 600 million söm pulini bermayotgani haqida maqola e'lon qilingandi. Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mazkur maqola yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda yozilişiça, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 2020 yil 22 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Zafarobod tuman hokimligi hisobidan undiruvçi «Urgaz Carpet» MÇJ foydasiga 599,7 mln söm undiriş belgilangan bölib, mazkur ijro hujjati MIB Zafarobod tuman bölimi iş yurituviga qabul qilingan.
Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan harakatlar natijasida, qarzdorga tegişli bölgan bir dona «Gaz 3110» va uç dona «Nexia-3» avtomaşinasi xatlanib, realizatsiya qiliş maqsadida onlayn auksion savdosiga sotuvga çiqarilgan.
Auksion savdolarida sotilgan mulklardan tuşgan mablağlar qonun talabiga köra Zafarobod tuman hokimligi qarz bölgan korxona va taşkilotlar örtasida taqsimlangan.
Jumladan, Zafarobod hokimligining uç dona «Nexia 3» avtomaşinasi sotuvidan tuşgan pul mablağidan 2021 yil 17 mart kuni 67,7 mln söm va 18 mart kuni 17,6 mln söm, jami 85,3 mln söm korxona hisobraqamiga ötkazilgan.
Hozirda «Gaz 3110» avtomaşinasini onlayn auksion savdosida 20 509 518 sömga sotiş böyiça auksion savdolari ötkazilmoqda.
Bundan taşqari, MIB Zafarobod bölimi tomonidan 2021 yil 11 mart kuni Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 maydagi 120-sonli qarori, Budjet kodeksi 129-moddasi hamda «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi qonun 21-moddasi 6-bandiga muvofiq, Zafarobod tuman Ğaznaçilik bölimiga undiruvni davlat budjeti mablağlariga qaratiş töğrisida talabnoma berilgan. Şuningdek, tuman hokimligining bankdagi hisobvarağiga MIB Zafarobod bölimi tomonidan band solingani bildirildi.
Kun.uz mazkur munosabatda keltirilgan faktlarni aniqlaş maqsadida «Urgaz Carpet» MÇJ rahbariyati bilan boğlandi. Ular MIB Zafarobod bölimi tomonidan öz hisobraqamlariga 85 million söm ötkazib berilganini tasdiqlaşdi.
P.S. Kun.uz suriştiruvi vaqtida MIB Zafarobod tuman bölimi xodimi Otabek Navrözov Zafarobod tumani hokimligiga tegişli bölgan noturar joy binosi ham band qilinib, auksionga çiqariş çoralari körilayotgani haqida aytgandi. Ammo, MIB respublika taşkilotining munosabatida bu haqida heç qanday gap yöq.

















