Bu illatning ikki azim daryo oraliğida istiqomat qilib, dunyo tamadduniga köp daholar yetiştirib bergan yurtimizda yuzaga kelgani açinarli hol. Buning uçun har birimiz, ayniqsa, noahil tilşunoslarimiz aybdor, deb hisoblayman. Yanada oçiqroq aytsam, ayrim tilşunoslar bahs-u munozaralarda özgalar fikri asosliroq ekanligiga işonç hosil qilsalar-da, baribir «qaysarlik» qilaveradilar.

Men – tilşunos emasman, lekin 40 yillik pedagogik faoliyatim davomida original öquv adabiyotlari yaratiş ustida ham mehnat qilganman. Xususan, oliy öquv yurtlari talabalari uçun 3 jildlik «Fizika kursi» darsligi, «Fizikadan rusça-özbekça qisqaça luğat», abituriyentlar uçun «Fizika», «Fizikadan test namunalari va izohlari» şular jumlasidandir. Qayd etilgan adabiyotlar haqida kitobxonlar-u mutaxassislar tomonidan köp yaxşi fikrlar bildirilgan. Şu bois tilşunoslarimiz bilan muloqot qilişga va öz fikrlarimni bayon etişga haqliman, deb öylayman.

Avvalo, xotiramda saqlanib qolgan bir lavhani bayon etmoqçiman. Sovet ittifoqi qulaşi arafasida qadimda qöllangan ba'zi fizikaviy ölçov birliklarini aniqlaştirib oliş maqsadida taniqli şarqşunos olim, akademik Ubaydulla Karimovning uyiga borgandim. Ustoz bir neça şogirdi bilan suhbatlaşayotgan ekan. Men ham davraga qöşildim.

Suhbat qatnaşçilari: «Buyuk ajdodlarimiz asarlari, tariximizga oid risolalar va qölyozmalar arab yozuvida bitilgan. Zamondoşlarimiz va keyingi avlodlarimiz bu manbalardan boxabar bölişlari uçun Özbekistonda arab yozuviga ötişimiz kerak», degan fikrni bildirişdi.

Suhbat yakunida akademik öz fikrlarini quyidagiça bayon etdilar: «Fikrlaringizda vatanparvarlik, ma'rifatparvarlik tuyğulari ufurib turibdi. Lekin biz — şarqşunoslar umumta'lim maktablarida arab yozuvini fakultativ dars sifatida örganişni taşkil qila olsak, siz bildirgan fikrlarni amalga oşiriş yölida katta qadam taşlagan bölamiz. Fikrlaringizni butkul inkor etmayman. Ëzuv isloh qilinişi kerak. Bu fikrni boşqa soha vakillari bilan muhokama qilib pişitiş kerak. Arab yozuviga ötiş kerakmi yoxud lotin yozuvining asliga yaqinlaşgan özbek yozuvini vujudga keltiriş kerakmi? Öylaylik, har tomonlama fikrlaylik...»

Allomaning bu sözlarini oxirgi vaqtlarda tez-tez xotirlayman. Çunki biz  lotin alifbosini joriy qilayotganda şoşqaloqlik qilib yozuv islohotini boşi berk köçaga kiritib qöydik va keyin köp vaqtimizni bir-birimizni ayblaşga sarfladik.

Mayli, endi «Ötgan işga ökinma», degan xalq maqoliga rioya qilib kelajak haqida öylaylik.

Ming şukrki, yaqinda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi. Loyiha bilan tanişdim — tört yil avval yozuvimizni isloh qiliş ustida faoliyat körsatayotgan işçi guruhga taqdim etgan takliflarim loyihaga deyarli mos kelganini körib xursand böldim. Qisqaça tahlil qilaman.