Globalizatsiya - bu tovar va xizmatlarning transçegaraviy savdosi, texnologiyalar va investitsiyalar, odamlar va axborot oqimlari natijasida vujudga kelgan dunyo iqtisodiyoti, madaniyati va aholisining ösib borayotgan özaro boğliqligini tavsiflaş uçun işlatiladigan tuşunçadir.

Globallaşuv har bir mamlakatni qiyosiy ustunlik, ya'ni eng kam miqdordagi resurslardan foydalangan holda eng yaxşi işlab çiqaradigan narsalarga ixtisoslaşişga undaydi. Uşbu konsepsiya işlab çiqarişni samaraliroq qiladi, iqtisodiy ösişni rağbatlantiradi va tovarlar va xizmatlar narxlarini pasaytiradi, ayniqsa ularni kam daromadli uy xöjaliklari uçun qulayroq qiladi.

Globallaşuv köp jihatdan iqtisodiyotga borib taqaladi. Yangi texnologiyalar joriy qilinişi va takomillaştirilişi natijasida işlab çiqariş hajmi va sifati ortdi. Masalan, bir neça yil ilgari umuman mavjud bölmagan texnologiyalar endilikda davlatlarning umumiy YaIM ösişiga va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Globallaşuvning kuçayişi natijasida mehnat bozoridagi taqsimotda ham özgarişlar bölmoqda. Jahon iqtisodiy forumining oxirgi yiğilişida ma'lum qilinişiça, 2025 yilga kelib, 85 million işçi örni yöq bölişi, ammo örniga 97 million iş joylari yaratilişi ma'lum qilingan.

Xöş, pandemiya sabab tezlaşib ketgan texnologiyalar taraqqiyoti va Törtinçi sanoat inqilobi Özbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir körsatadi.

Özbekiston singari rivojlanayotgan davlatlar texnologik sakraşda ixtiroçi bölib, global texnologiya platformalarida faol iştirok etişi uçun nima qiliş kerak, degan savolga Yaponiyaning Tokio universiteti doktoranti Bekzod Zokirov öz fikrlarini bildirdi.

Ekspertning ta'kidlaşiça, respublika zimmasidagi asosiy vazifa texnologik rivojlaniş uçun muhim bölgan uç tomon: davlat-sanoat-akademiya (ilmiy tadqiqot markazlari) hamkorligini mustahkamlovçi institutsional muhit yaratişdan iboratdir.

«Uçburçakning asosiy qismi bölmiş universitetlar va ulardagi tadqiqot markazlari nafaqat turli sanoatdagi bizneslarni qöllab- quvvatlovçi ixtiro manbalari, balki turli innovatsion ğoyalarga asoslangan startaplar uçun inkubator vazifasini ham ötaydi. AQŞ, Yevropa va Osiyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barçasida startaplar universitet hududida şakllanişi bejiz emas. Buning uçun universitetlarda, albatta, erkin ilmiy muhit mavjud bölişi, professor va talabalarning ilmiy ğoyalari, mehnatlari qoğozda qolib ketmay, amaliyotda qöllanişi uçun mustahkam patent tizimi şakllanişi şart», deydi Bekzod Zokirov.