Prezidentning “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta'minlaş, qonuniy manfaatlarini himoya qilişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilişining barvaqt oldini oliş, ular huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari işonçli himoya qilinişini ta'minlaş, voyaga yetmaganlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş maqsadida Voyaga yetmaganlar işlari böyiça respublika idoralararo komissiyasi hamda uning hududiy idoralararo komissiyalari Bolalar masalalari böyiça milliy komissiya va uning hududiy komissiyalari etib qayta taşkil qilinadi.
Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- voyaga yetmaganlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta'minlaş;
- voyaga yetmaganlar bilan işlaş böyiça davlat dasturlari
- va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişni taşkillaştiriş, şuningdek ular ijrosini nazorat qiliş;
- davlat organlari va taşkilotlarning uşbu sohadagi faoliyatini muvofiqlaştiriş;
- voyaga yetmaganlar bilan işlaş böyiça tizimli kamçiliklar sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, tahlil qiliş, körilayotgan çoralarni baholaş hamda ularni huquqni qöllaş amaliyoti va qonunçilikni takomillaştiriş yöli bilan bartaraf etiş;
- qarorlarni bolaning eng ustun manfaatidan kelib çiqib qabul qiliş;
- ma'lumotlar töplaş, saqlaş, qayta işlaş, tahlil qiliş hamda tegişli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida ulardan foydalaniş;
- uşbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik örnatiş.
Belgilanişiça, Bola huquqlari böyiça vakil Milliy komissiyaning raisi hisoblanadi.
















