“Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta'minlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Loyiha davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlar tizimlaştirilgan hisobini yuritişning majburiyligini bekor qiliş orqali ular tomonidan ortiqça vaqt va mehnat resursi sarflanişi oldini oliş maqsadida Adliya vazirligi taşabbusi asosida işlab çiqilgan.

Qayd etilişiça, prezidentning 2018 yil 8 avgustdagi PF–5505-son farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan davlat organlari va taşkilotlarining “Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami”, “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari töplami” va “Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalari töplami”ga obuna bölişi bekor qilingan.

Bundan taşqari, prezidentning “Davlat organlari va taşkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ–3962-son qaroriga asosan 2019 yil 1 yanvardan davlat organlari va taşkilotlarida qonunlar, Özbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisobvaraqalarida röyxatga oliş tartibi, şuningdek, qonunlar, Özbekiston prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari böyiça hisob kartotekalari qoğoz şaklida rasmiylaştirilişi va yuritilişi bekor qilingan.

Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida normativ-huquqiy hujjatlar turkumlaştirilgan hisobi va nazorat nusxalari elektron şaklda yuritilişini ta'minlaş Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 678-son qaroriga asosan Adliya vazirligi qoşidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha bilan davlat organlarida normativ-huquqiy hujjatlar tizimlaştirilgan hisobini yuritişning majburiyligini bekor qiliş taklif etilmoqda.

Loyiha qabul qilinişi natijasida normativ-huquqiy hujjatlar turkumlaştirilgan hisobini yuritiş isloh qilinadi, davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ortiqça va öziga xos bölmagan normativ-huquqiy hujjatlar turkumlaştirilgan hisobini yuritiş funksiyasi bekor qilinadi, şu orqali ular tomonidan ortiqça vaqt va mehnat resursi sarflanişi oldi olinadi, deyiladi loyihada.