Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligining volontyorlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalarini bajarişda volontyorlik faoliyatini joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
2022 yil 1 iyundan boşlab quyidagilarni amalga oşiriş imkonini beruvçi Özbekiston yoşlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi işga tuşiriladi:
- volontyorlarning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalardagi iştiroki, şuningdek, davlat organlari faoliyatiga kömaklaşgan davrini qayd etib boriş;
- volontyorlar guruhiga kiritilgan volontyorlarni hisobga oliş;
- hududlar va faoliyat yönalişi böyiça volontyorlik yordamini jalb qilişga qiziqiş bildirayotgan davlat organlari röyxati hamda ularning tadbirlari, loyihalari va aksiyalarini joylaştiriş;
- davlat organlarining volontyorlar bilan işlaşiga oid metodik tavsiyalarni joylaştiriş;
- volontyorlik faoliyatini çet elda amalga oşiriş.
Yoşlar işlari agentligi volontyorlar platformasini töliq işga tuşiradi hamda uning doimiy texnik qöllab-quvvatlanişini ta’minlaydi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
- davlat organlari rahbarlari volontyorlar jalb etiladigan yönalişlar röyxatini hamda içki yöriqnomasini tasdiqlaydi;
- davlat organlariga ularning faoliyatini samarali va tejamli şaklda amalga oşirişga kömaklaşuvçi volontyorlik guruhlari tuziladi hamda ularga volontyorlar uşbu davlat organlarida taşkil etiladigan komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi;
- davlat organlarida tuziladigan volontyorlik guruhlarining faol a’zolari davlat organlarining budjetdan taşqari mablağlari doirasida hamda qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan rağbatlantirib boriladi;
- har bir davlat organi huzuridagi jamoatçilik kengaşlari faoliyatiga volontyorlik taşkilotlarining taşabbuskor vakillari jalb qilinadi.
Davlat organlarining yoşlar bilan işlaşga mas’ul bölgan rahbar örinbosarlariga (maslahatçilariga) volontyorlar bilan işlaş vakolati yuklatiladi va uning doirasida ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

















