“Özenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berişiça, Farğona viloyati Oltiariq tuman tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli markaziy poliklinikasi Tinçlik qismiga 2020 yil 13 oktyabr kuni rasmiylaştirilgan dalolatnomaga asosan 51 004 080 sömga amalga oşirilgan qayta hisob-kitob işlari hududiy bölim mutaxassisi tomonidan “Farğona XETK” AJ mutaxassislari bilan birgalikda örganib çiqildi. Natijada, yöl qöyilgan kamçiliklar aniqlanib, qaytadan hisob-kitob qilinişi natijasida qarzdorlik 5 071 248 sömni taşkil etgani hisoblanib, murojaatçining e'tirozlari qanoatlantirildi.

Quva tumani “Qoraqum” MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro Davronbek Hamraliyevning xonadonida foydalanilgan elektr energiyasi böyiça hisoblangan noreal qarzdorlik yuzasidan murojaati örganilib, mazkur iste'molçi şaxsiy hisob kartasida yuzaga kelgan 1938 kVt/s yoki 572 000 söm noreal qarzdorlik bartaraf etilişi ta'minlandi.

Şuningdek, Quvasoy şahrida joylaşgan “Ferghana Ceramics Industry” MÇJ tomonidan 2021 yil 1 yanvar holatiga foydalanilgan elektr energiyasi böyiça “Farğona HETK” AJ tomonidan berilgan hisob-fakturada körsatib ötilgan qarzdorlikdan norozi bölib yöllagan murojaati örganib çiqilişi natijasida iste'molçiga ortiqça hisoblangan 49 247 600 söm mablağlar çegirilib, iste'molçi e'tirozlari qanoatlantirildi.