«Muammo hisoblagichda emas». Uchtepa tumanidagi xonadonda yonib ketgan gaz hisoblagich bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumani Yu.Sakkokiy ko‘chasidagi xonadonlarning birida "Osten" gaz hisoblagichi yonib ketgani haqida xabar tarqaldi.

Uchtepa tumani hokimligi xabariga ko‘ra, gaz hisoblagichlarni ishlab chiqarish korxonasi va "Texnopark" mas'uliyati cheklangan jamiyati servis markazi xodimlari ushbu vaziyatni batafsil o‘rganishdi.
Xabarda aytilishicha, bu xonadonda "Osten" gaz hisoblagichlari bilan bog‘liq muammolar mavjud emas.
“Olingan fotosuratlar va ma'lumotlarga asoslanib, hisoblagich buzilmagani, uning germetikligi saqlanib qolgani va gaz hisoblagich ishlashni davom ettirib, ko‘rsatkichlarini ko‘rsatayotgani haqidagi xulosaga kelingan”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, xonadondagi yong‘in tashqi olovning, filtrning qurilmaga ulangan joyiga ko‘rsatilgan ta'sir natijasida yuzaga kelgan.
“Ya'ni, muammo gaz hisoblagichi tufayli emas, balki tashqi ta'sir tufayli paydo bo‘lgan. Himoya qutisiga kelsak, u shisha tolali polimerdan tayyorlangan. Bu olov ta'sirini sezilarli darajada kamaytiradi va quti shaklini saqlab qoladi”, deyilgan rasmiy xabarda.
Avvalroq, Toshkentda barchaga yil oxiriga qadar “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi ma'lum qilingandi.
Poytaxtda gaz iste'molchilari jami 629 427ta bo‘lib, shulardan 448 073tasini ko‘p qavatli, 181 354tasini esa yerli aholi xonadonlari tashkil etadi. Yil oxiriga qadar zamonaviy “aqlli” gaz hisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul hisoblanib, tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
-
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi
Jahon | 14:11
-
🔴 LIVE: Isroil - Eron ziddiyati: tomonlar ochiq urush boshladi
Jahon | 14:01
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

18:31 / 20.03.2025