Hukumat manbalari xabar berişiça, Hongkongda 150200 nafar odam BioNTech vaksinasining birinçi dozasini olgan.
Fosun ham, BioNTech ham «tovarning xavfsizligi riskda ekaniga işonmasa-da» Hongkong hukumati 210102 raqamli partiyadagi vaksinalardan voz keçdi va navbatdagi partiyani tekşiriib olişini ma'lum qilgan.
«Bu vaksinatsiya dasturining xavfsizligini ta'minlaş uçun ehtiyot çoralari», deyiladi bayonotda.
BioNTech preparatidan voz keçişdan avval, Hongkong hukumati aholiga ikki vaksina – BioNTech va Xitoyning Sinovac vaksinasidan birini tanlaşni taklif qilgan. Endi BioNTech bilan emlanişni istaydiganlar yoki navbatdagi partiya kelişini kutişlari yo Sinovac’ni olişlari mumkin. Hongkongga AstraZeneca vaksinalari sal keyinroq kelişi kutilyapti.
Vaksinatsiyaning sekin keçişi vaksinaga bölgan şubha tufayli
BioNTech bilan muammo özi şundoq ham kutilganidan sekinroq ketayotgan emlaniş dasturini boşi berk köçaga olib kirib qöyadi.
Hongkong rahbari Keri Lem seşanba kuni aholining 6 foizigina emlaşning birinçi dozasini olganini aytib, vaziyatni «yomon emas» deb baholagan.
«Hongkongning vaksinatsiya bilan omadi çopyapti. Dunyoning boşqa qismi vaksina izlab zir yugurayotgan bölsa, bizda Hongkongning barça aholisi uçun yetarli vaksina ta'minoti bor», deydi Lem.
Hukumat ötgan hafta 30 yoşdan kattalarni qamrab oluvçi yangi dastur qabul qildi. Bu esa, jami aholining 80 foizini taşkil qiladi. Vaksinatsiyaning qayta boşlanişi kasallanişlar soni köpayib, yuzlab odamlar karantin lagerlariga jönatilişidan keyin sodir böldi.
Rasmiylar emlaş tadbirini 18 fevral kuni Sinovac vaksinasi bilan boşlaşgandi. BioNTech vaksinasi mart boşlarida qilina boşladi.













