Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yaşovçi ayol 21 mart kuni Navoiy şahridagi dam oliş maskanidan qaytayotib, Karmana tumani hududida özi va uç nafar qizining joniga suiqasd qildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, 31 yoşli ayol Navröz bayrami munosabati bilan 2013, 2016 hamda 2018 yilda tuğilgan qiz farzandlarini Navoiy şahridagi dam oliş maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Ortga qaytayotganda esa Karmana tumanining «Malikrabot» qörğoni hududida, Karmana – Tinçlik temir yöl bekatlari oraliğida özi va farzandlarini temir yölga olib çiqib, joniga suiqasd qilgan.

Ularni yuk poyezdi urib yuborgan. Oqibatda ona Karmana tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida vafot etgan. Voyaga yetmagan 5 yoşli qizi esa oğir tan jarohati tufayli jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 8 hamda 3 yoşli qizaloqlar baxtli tasodif tufayli omon qolgan.
Navoiy viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB vakillari hamda tuman mas'ul xodimlari tomonidan marhuma istiqomat qilgan mahallada uşbu holat muhokama qilingan. Ma'lum bölişiça, marhuma yaşab kelgan xonadon ibratli va namunali oila bölgan.


Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















