Samarqand viloyati Iştixon tumanida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan. Oqibatda bir nafar odam vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

20 mart kuni Oqdaryo tumanida yaşovçi haydovçi özining «Jiguli» avtomaşinasida M37 Samarqand—Aşxobod xalqaro avtomobil yölining Iştixon tumani Safoxöja mahallasidan ötuvçi 54-kilometrida yölning qarama-qarşi tomonida harakatlanib, öz yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan 55 yoşli haydovçi boşqaruvidagi «Lasetti» avtomaşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan va «Jiguli» avtomaşinasining 65 yoşli haydovçisi oğir tan jarohati olib tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u şifoxonada vafot etgan.

Xabarda ma'lum qilinişiça, mazkur yöl-transport hodisasi yuzasidan Iştixon tumanida tarğibot işlari olib borilgan va aholiga yöl harakati qoidalarini qöpol tarzda buziş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi tuşuntirilgan.