Saudiya Arabistonining «Podşoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayriya sifatida Özbekistonga 50 tonna xurmo topşirildi. Bu haqda «Vaqf» xayriya jamoat fondi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu xayriya yordami 23 mart kuni Özbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podşohligining Özbekistondagi elçixonasi vakillari bilan bölgan uçraşuvdan söng topşirilgan.

Xurmolarni Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçisi Hişom ibn Miş'al ibn Suvaylim Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topşirdi.

«Vaqf» fondi uşbu xurmolarni Ramazon oyi arafasida Özbekistondagi diniy taşkilotlar, masjidlar, diniy ta'lim muassasalariga xayriya sifatida tarqatişni rejalaştirilgan.