Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekistonda sud-ekspertlik institutini har tomonlama rivojlantirish, bu sohadagi muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek, 2021–2025 yillar davomida sud-ekspertlik tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsad qilingan.

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta'minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish;
  • sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;
  • sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
  • sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
  • nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish;
  • sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta'minlash va rivojlantirish;
  • sud-ekspertlik faoliyati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi sud ekspertiza muassasalari mavjud shtat birliklari doirasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi huzurida 15ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
  • sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni ishlab chiqish;