Keça Xöjayli tumanida 5 kişi bir-biri bilan muştlaşgani haqida xabar bergan edik. Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bölişiça, 19 mart kuni 20:00 larda #Xöjayli_tumani «Krujka» kafesi yonida Xöjayli tumanida yaşovçi fuqaro R.M. hamda uning yonidagi ikki nafar şeriklari P.A. va N.A.lar örtasida özaro kelişmovçilik sababli janjal kelib çiqqan. Janjal natijasida P.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasidan körikdan ötgan.
Hozirgi vaqtda uşbu holat yuzasidan, Xöjayli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Tekşiruv natijasiga köra, janjalda iştirok etgan har bir şaxsning harakatlariga qonuniy baho beriladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Nukusda 3 kişi va restoran musiqaçisi örtasida muştlaşuv yuz bergan hamda musiqaçi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgandi.
















