«Zarafshan Golden Group» mas'uliyati çeklangan jamiyati axborot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi:
Zarafshon şahar hokimining 2020 yil 28 iyuldagi Q-214-sonli qarori bilan «Zarafshan Golden Group» MÇJga Zarafshon şahar 13-kiçik tuman hududidan, şaharning boş rejasiga asosan «Köp qavatli turar-joy binosi quriş uçun» 0,525 ga yer maydoni ajratib berilgan.
Uşbu hududda quriliş işlarini amalga oşiriş uçun arxitektura-rejalaştiriş topşiriği Navoiy viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği tomonidan 2020 yil 25 avgustda tasdiqlangan hamda tabiiy gaz, elektr tarmoqlari, içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlariga ulaniş yuzasidan texnik şartlar berilgan. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingan.
Mazkur yer maydonida yurtimizda birinçi bor yiğma temir-beton konstruksiyalari asosida zamonaviy, 12 qavatli turar-joy binosi quriş uçun Rossiyaning «UDS-Injiniring» kompaniyasi bilan 2020 yil 24 avgustda imzolangan şartnomaga asosan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlab berildi.
Quriliş obektini yurtimizda adaptatsiyadan ötkazişda ma'lum vaqt talab etilib, «TOSHUYJOYL ITI» AJ tomonidan adaptatsiya işlari yakunlandi. Quriliş obektida faqat kotlovan qismi işlari yakunlanib, loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlatib, belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan ötkazilgan.
Hujjatlar quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan röyxatdan ötkazilgunga qadar joriy yil 9 fevralda ana şu inspeksiya tomonidan berilgan yozma körsatmaga asosan quriliş işlari töxtatilgan va bu haqda inspeksiyaga darhol xabar qilingan.
Şuningdek, jamiyatimiz ta'sisçisi hisoblangan «ZARAFSHON BUILDINGS» MÇJ tomonidan Toşkent şahar, Yakkasaroy tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga möljallangan Investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 4937-sonli qaroriga asosan turar-joy binolari, savdo va maişiy binolar qurilişi yuzasidan işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanib, texnik şartlar, davlat ekologik xulosasi va boşqa zaruriy hujjatlar töliq rasmiylaştirilmoqda.
Tegişli hujjatlar öz vaqtida rasmiylaştirilmaganligi va qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilganligi ma'lum qilinadi.
Reklama huquqi asosida
















