Nazarboyevlar oilasi vakillarining ta'kidlaşiça, bunday xulosaga Oysultonning ölimi sabablarini tergov qilgan Ğarbiy London koroneri Fiona Uilkoks kelgan. Huquq-tartibot idoralari guvohlar, politsiya va ruhşunos körsatmalariga asoslanib, Nazarboyevning nabirasi ölimida zöravonlik alomatlari yöqligi va u giyohvand moddalarga qaramlik bilan boğlangani haqidagi xulosaga kelişgan.

“Bizni oxirgi 6 oy davomida qöllab-quvvatlagan barçaga va tergovni adolatli ötkazgan koronerga minnatdorlik izhor etamiz”, deb aytilgan Nazarboyevlar oilasi bayonotida.

Oysulton Nazarboyev 2020 yil avgustda 30 yoşga tölişiga 10 kun qolganda Londonda vafot etgandi. Öşanda uning ölimiga yurak töxtatişi olib kelgani aytilgandi. Keyinroq Oysultonning ölimini uning onasi, Nursulton Nazarboyevning katta qizi Dariğa Nazarboyeva tasdiqlagandi.

2019 yil oktyabrda Londondagi sud Oysultonni özganing mulkiga noqonuniy kiriş va politsiya bilan muştlaşuvi uçun şartli ravişda bir yilga ozodlikdan mahrum etgandi. 

2020 yil fevralda Oysulton feysbukdagi akkauntida öz xavfsizligidan xavotirlanib, Britaniyada siyosiy boşpana berilişini söraganini yozgan. U Qozoğiston rahbariyatini korrupsiyada ayblagan va oilasi a'zolari tomonidan unga bosim ötkazilayotganini aytgan.  

Qozoğistonda bunga javoban Oysulton bunday postlari bilan bobosi Nursulton Nazarboyevni yomonotliq qilişga urinayotgani aytilgan. Öşanda Qozoğiston axborot vaziri Dauren Abayev Oysultonning bu postlari uning giyohvandlikdan davolanayotganidan foydalanayotgan muayyan odamlar ta'siri ostida yozilganini aytgan.