Tomonlar koronavirus pandemiyasidan keyingi Özbekistonning yaşil tiklanişi, iqlim özgarişi, çöllanişga qarşi kuraşiş sohalarida hamkorlik qiliş, şuningdek, mazkur sohalarda aniq natijalarga erişiş uçun Yaşil iqlim jamğarmasi va boşqa xalqaro moliyaviy muassasalar mablağlarini birgalikda jalb etiş masalalarini muhokama qilişdi.
Ayni damda Davlat ekologiya qömitasi hamda Global yaşil ösiş instituti Orol dengizi tanazzuli salbiy oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida Orolböyi mintaqasining yaşil tiklanişini moliyalaştirişga yönaltirilgan hamkorlikdagi loyihani amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 5,65 million AQŞ dollariga teng.

Mazkur loyiha Xalqaro hamkorlik böyiça Koreya agentligi (KOICA) tomonidan moliyalaştiriladi. Loyihaning maqsadi – Orol dengizi tanazzuli oqibatlarini bartaraf etiş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasining yaşil reabilitatsiyasiga kömaklaşiş, şuningdek, barqaror hayotiy ta'minot hamda tabiiy xavflarga barqarorlikni ta'minlaş böyiça çora-tadbirlarni belgilaşdan iborat. Bundan taşqari, yaqin kunlarda yuqorida bayon etilgan institutning Markaziy Osiyoda yagona bölgan vakolatxonasi oçilişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, Global yaşil ösiş instituti (The Global Green Growth Institute – GGGI) xalqaro hukumatlararo taşkilot bölib, boş ofisi Seul şahrida (Janubiy Koreya) joylaşgan. Mazkur taşkilot 2012 yil 20 iyun kuni Rio-de-Janeyroda (Braziliya) BMTning Barqaror rivojlaniş böyiça konferensiyasi doirasida ta'sis etilgan.
Hozirgi kunda Global yaşil ösiş instituti dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida 54 ta loyihani amalga oşirmoqda. Institut prezidenti va kengaş raisi BMTning sobiq Boş kotibi Pan Gi Mun hisoblanadi.

















