O‘zbekiston | 09:23 / 27.03.2021
1440
2 daqiqa o‘qiladi

Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni qayta ishlash bo‘yicha 6ta yangi markaz tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, milliy dasturda ozon qatlamini buzuvchi moddalardan (OBM) foydalanishni to‘xtatish maqsadlari va strategik yo‘nalishlari belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi dasturiga muvofiq, OBMdan foydalanishni tartibga solish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan.

Milliy dastur doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va uning hududidan olib chiqish bo‘yicha qat'iy nazorat o‘rnatish;
  • OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlar importi va eksporti bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
  • OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6ta yangi markaz tashkil etish.

Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqish ustidan nazoratni amalga oshirish Davlat ekologiya qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Qaror bilan tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan, O‘zbekistonga import va O‘zbekistondan eksport qilish ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid