Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi kommunal bo‘limlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Prezidentning “Toshkent shahrida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:
- Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va Toshkent shahridagi tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari shtat birliklarini Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bo‘ysunuviga va tashkiliy tuzilmasiga o‘tkazish;
- Toshkent shahrida ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq 60 foizini, atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlari kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi 50 foizini Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:
- Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va Toshkent shahridagi tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqadi;
- Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi yangilangan vazifa va funksiyalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tarkibidagi o‘zgarishlar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati ayrim qarorlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi, 26-uyda joylashgan binosi boshqaruv huquqi bilan o‘zida qoldiriladi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026