Reuters agentligining xabar berişiça, Xiaomi Corp kompaniyasi elektromobillar işlab çiqarişni Xitoyning Great Wall avtomobil işlab çiqaruvçi zavodi bilan birga amalga oşirmoqçi. Kompaniya elektromobillari ommaviy bozor uçun möljallanadi, ilk model 2023 yilda taqdim etiladi.
Xiaomi elektr transport vositalari işlab çiqaruvçining ekotizimidan boşqa qurilmalarga ulaniş imkoniyatiga ega böladi.
Ma'lum bölişiça, Great Wall hali boşqa kompaniyalar bilan mahsulot işlab çiqarişda hamkorlik qilmagan. Kompaniyalar kelgusi haftaning boşida hamkorlik töğrisidagi yangilikni e'lon qilişni rejalaştirmoqda.
Uşbu xabardan keyin Xiaomi kompaniyasining aksiyalari narxi 5 foizga, Great Wall aksiyalari 9 foizga ösgan.
Xiaomi öz daromadlarini diversifikatsiya qilişga intilmoqda, şu sababli u elektromobillar işlab çiqarişni rejalaştiryapti. Kompaniya daromadining asosiy qismi smartfonlar biznesidan keladi.
Şuningdek, yirik texnologik kompaniyalar tobora öz avtomobillarini işlab çiqariş haqida öylaşmoqda. Masalan, dekabr oyida Apple kompaniyasi 2024 yilda özining birinçi elektromobilini işlab çiqarişini ma'lum qilgandi. Fevralda esa Huawei 2021 yilda öz elektromobillarini işlab çiqariş rejalarini oşkor qildi. Kompaniyaning özi bu ma'lumotni rad etdi.
Avvalroq, Volvo 2030 yilga borib faqat elektromobillar işlab çiqarmoqçi ekanligi xabar qilingan edi. Kompaniya 2020 yilda XC40 Recharge deb nomlangan elektromobili sotuvini boşlagan bölsa, 2025 yilga kelib Volvo cars sotuvining 50 foizini elektromobillar taşkil etişi rejalaştirilgan.











