Şerzod Hidoyatovning ta'kidlaşiça, u rahbarlik qilayotgan vazirlik işi doim aholi bilan boğliq. Bu sohada qilinayotgan işlar odamlarning kayfiyatiga ta'sir körsatadi.

Kommunal sohadagi kamçiliklar köpligi sabab bir-ikki yil içida hamma muammolarni birdan yeçib bölmaydi. Butun dunyoda bu sohada muammolar tugatilmagan, doimiy ravişda öz ustida işlaş orqali bartaraf etiladi.

Iş samaradorligini oşiriş maqsadida davlat rahbari tomonidan har bir vazirlikka hududlar biriktirilmoqda. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga Toşkent viloyatining Angren şahri biriktirilgan. Angrendagi eng oğir hududlardan biri – Dukentda uçta mahalla bor. Uşbu mahallalarda joylaşgan köpqavatli uylarning kommunal holati öta oğir körinişga kelib qolgan.

“Birinçi marta Dukkentga borganimda qörqib ketdim. Oğir şaroit ta'sirida aholi öta agressiv holatda edi. Ularning orasida qolib ketib gaplaşişga qiynaldim. Lekin işlar boşlangaç ularning munosabati butunlay özgardi”,- dedi vazir.

Uning sözlariga köra, ayni paytda Turkiyadan uşbu sohani yaxşi biladigan konsultantlarni jalb etib, yurtimizdagi köpqavatli uylarda kommunal tizimni yaxşilaş maqsad qilingan. Jumladan, Angren ham köpqavatli uylar köp joylaşgan hudud hisoblanadi. Bu yerda qurilganiga 60-70 yil bölgan uylarning kommunal tizimiga e'tibor berilmaganligi ta'kidlandi.

Şu örinda vazir aholi tomonidan ham özboşimçalik bilan qilinayotgan qurilişlar va ularga köriladigan çoralar haqida ham gapirib ötdi.