Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Haydovçi maşina boşqarib kelayotib, uxlab qolgan. Oqibatda uning yonida bölgan yölovçi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 26 mart kuni soat taxminan 6:30 lar atrofida M41 Termiz-Duşanbe-Bişkek xalqaro avtomobil yölining Şörçi tumani Solijon bobo mahallasidan ötgan 1 517 kilometrida yöl-transport hodisasi röy bergan.

Ma'lum bölişiça, Şörçi tumani Oqtumşuq mahallasida yaşovçi 1997 yilda tuğilgan şaxs otasiga tegişli, davlat raqami 75 U 659 HA bölgan «Neksiya» maşinasini Termiz-Denov yönalişi böylab boşqarib kelayotib uxlab qolgan. Oqibatda «Neksiya» yölning çap tomoniga çiqib ketgan va beton devorga urilgan.

Mazkur yöl-transport hodisasida haydovçi jiddiy tan jarohatlari olgan. «Neksiya»da yölovçi sifatida ketayotgan 1995 yilda tuğilgan, Şörçi tumani Oqtumşuq mahallasida yaşovçi şaxs esa oğir tan jarohatlari olgan va şifoxonada zarur tibbiy yordam körsatilişiga qaramasdan vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvlarda, haydovçi bir sutkadan oşiqroq vaqt mobaynida uxlamasdan maşina boşqargani, buning ustiga tajribasi ham yetarli emasligi aniqlangan.