Norma’ning yozishicha, hujjatda yilqichilik va ot sportini hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi.

Qashqadaryo viloyati respublikada ot sportini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hudud sifatida belgilandi. Shuningdek, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli sport majmualari DXSh asosida barpo etiladi.

Quyidagilar ajratiladi:

  • sof zotdor otlarni urchitish va ko‘paytirish, yosh otlar rivojlanishi va o‘sishi, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarish, intensiv ot bo‘rdoqichiligini tashkil etish va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish uchun yer maydonlari;
  • ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida noyob zotdor sport otlarini ko‘paytirish uchun davlat budjetidan 3 yil davomida 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish va ustuvor ravishda respublika ot zavodlarida ko‘paytirilgan noyob zotdor sport otlari hisobidan ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Har bir olimpiya zaxiralari kollejida 2021-2025 yillar davomida ot sporti bo‘limlari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida Naslli va sport otlarini yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etiladi.

«Universal Jumping Agro» MChJ (investor) tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, «Mevazor» MFY hududida zamonaviy ko‘p tarmoqli sport kompleksi hamda mahalliy va xorijiy turistlar dam olishini tashkil qilish uchun yopiq suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari, savdo-ko‘ngilochar va dam olish infratuzilmalari, avtotransport vositalari turar joylari, ippodrom, stadion, yengil atletika bilan shug‘ullanish uchun maydon va boshqa obektlar barpo etiladi.

Istisno tariqasida, investor tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasi hamda markazni tashkil etish bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ot sporti bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning uch bosqichli tizimi joriy etiladi:

  • I bosqichda – ot sport klublari, ot sporti maktablari, seksiyalar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar (tuman/shahar bosqichi);